
Sportchilar marixuananing taqiqlanishiga qarshi chiqishmoqda
150 nafardan ortiq sobiq va faoliyatini davom ettirayotgan bir qator sportchilar Xalqaro antidoping agentligiga marixuanani taqiqlangan moddalar qatoridan o‘chirish so‘rovi bo‘yicha xat bilan murojaat qilishgan.
- Biz kannabis va tabiiy kannaboidlarning inson hayoti faolitiga yaxshi ta’sir qilishi mumkinligini aniqladik. Ular tarkibida davolovchi va tanani sog‘lomlashtiruvchi moddalar mavjud. Ushbu moddalardan barcha sportchilar foydalanish imkoniga ega bo‘lishlari lozim, - deyiladi xatda.
Reuters bergan xabarga ko‘ra, ushbu sportchilar qatoridan mashhur sobiq bokschilardan biri Mayk Tayson, amerika futboli yulduzlaridan Jeyk Plammer va Riki Uilyams va velopoygachi Floyd Lendis kabilar o‘rin olganligi aytiladi.
Fikrlar