
Sportchilarimizdan bir shingil (Ettinchi qism)
Odatda, tabassum inson umrini uzaytirishi borasida gap-so‘zlar yuradi. Buning fakt ekanligi ham isbot qilingan. Shunday ekan ruknimizni kuzatishda davom eting. Zero, bir oz bo‘lsada kayfiyatingizni ko‘tarib, yuzingizga kulgu hadya etsak, bundan bahtiyor bo‘lamiz.
Hamid Nizomov – bodibildingchi, xalqaro turnirlar g‘olibi
Bog‘chaga kelgan boladan tarbiyachisi bilimini sinab ko‘ryapti:
— Qani Akmal nimani bilasan?
— 1, 2, 3, 4, 5
— Ana ko‘rdinglarmi sanashni bilar ekan, qani davom etchi,
— 6, 7, 8, 9, 10, valet, dama, korol, tuz.. J J J
**** **** **** **** ****
O‘rmonda sher o‘g‘lini uylantiribdi. Hamma hayvonlarni to‘yga aytibdi, faqat quyonni aytmabdi: quyon alkash bo‘lsa, kelsa baribir to‘yni fayzini buzadi kelganidan foyda yo‘q deb, quyoni aytmabdi. To‘yida hamma hayvonlar o‘ynayotgan ekan quyon bostirib kirib:
— Hoy, sher sen meni to‘yinga chaqirmading-a hozir razbor qilamiz, desa
Sher tulkiga:
— Bor chiqib hal qil, debdi.
Tulki ko‘chaga chiqib ketibdi. Tars-turs bo‘lib bir ozdan kegin quyon qaytib kiribdi:
— Shumi zo‘ring? Yana bormi, debdi.
Sher to‘ng‘izga ishora qilibdi. To‘ng‘iz ham chiqishi bilan tars-turs bo‘lib yana quyon qaytib kiribdi:
— Yana zo‘ring bormi, desa
Sher bo‘riga qarab:
— Bor hal kilib yubor, debdi.
Bo‘ri ko‘chaga chiqib ketibdi, yana tars-turs bo‘lib, bo‘ri qaytib kiribdi. Hamma joyi qon, oyog‘ida zo‘rg‘a turarmush. Sher nima bo‘ldi, desa.
Bo‘ri zo‘rg‘a boshini ko‘tarib:
— Ahmoq ayiqni ham aytmabsan-ku, dermish... J J J
Musa Mamedov- qo‘l jangi ustasi, jahon chempionati sovrindori
Talaba adabiyotdan imtihon topshiryapti. Yozuvchini tug‘ilgan yili esida-ku, vafot etgan yili esida yo‘q ekan.
- O‘qituvchi: Yozuvchini vafot etgan yilini ayting!
- Talaba: Uni o‘ldi deyishga tilim bormaydi. U men uchun doim tirik! J J J
**** **** **** **** ****
Qaynona yangi tug‘ilgan nabirasiga qarab turib keliniga:
— Umuman o‘g‘limga o‘xshamaydi, - desa, kelinini jahli chiqib:
— Oyijon, men sizga kseroks emasman! - dermish. J J J
**** **** **** **** ****
Bir kuni yalmog‘iz poezd yo‘lda ketayotsa, orqasidan poezd signal chalibdi. Yalmog‘iz shunda "aqlli, yaxshi qizla hushtak chalganlarga qaramaydi" deya ketaveribdi.
Rahmatilla Nuriddinbekov – kurashchi, xalqaro turnirlar g‘olibi
Ikkinchi sinf o‘quvchisi, o‘rtog‘iga:
— Shu o‘qituvchimizga ishongim kelmayapti-da. Kecha 5+5=10 deyayotgan edi, bugun esa 7+3=10, deyapti. J J J
**** **** **** ****
Bir kuni 2 ta dugona parkda ketishayotgan ekan, bir qitmir bola kelib, qizlardan:
— Isminglar nima? - deb so‘rabdi.
Qizlardan biri ikkinchisiga qarab:
— Ismingni aytma, Zilola, - debdi
— Ikkinchisi ham ho‘p, Hilola, - dermush... J J J
**** **** **** ****
Afandi bir kuni qo‘shnisidan qozon so‘rab chiqibdi. Oradan bir hafta o‘tgach, qozonni ikkita qilib olib chiqibdi. Qo‘shnisi hayron bo‘lib:
— Nega ikkita qozon olib chiqdingiz?, - debdi.
Afandi esa javob beribdi:
— Qozoningiz homilador ekan, tug‘di.
— Qozon kerak bo‘lsa tez-tez so‘rab turing, - debdi qozonning egasi.
Oradan bir necha kun o‘tib, afandi o‘sha qo‘shnisidan katta doshqozon so‘rab chiqibdi. Qo‘shnisi darrov berdi. Oradan bir hafta o‘tibdi, o‘n kun o‘tibdi, bir oy o‘tibdi. Afandi esa hanuz qozonni qaytarmasmush. Qo‘shnisi o‘zi qozonni so‘rab chiqibdi. Afandi qo‘shnisiga homush qarab:
— Qozoning betob ekan. Qazo qildi, - debdi.
— Qanaqasiga qozon betob bo‘lsin?, - deb baqiribdi qo‘shni, - hech jahonda qozon ham o‘ladimi?
— Qozoning tuqqaniga ishonasanu, o‘lganiga ishonmaysanmi?, - debdi afandi.
Bobur Hamdamov – muaytaychi, K-1 chempionlik kamari sohibi
Qish. Izg‘irin sovuq. Qor yog‘yapti. O‘rmonda jahl otiga mingan ayiq u yoqdan bu yoqqa chopib qichqirardi:
- Nima uchun sentyabr oyida qahva ichdim-a? J J J
**** **** **** **** ****
Boks. Tanaffus payti:
-Raqibingni boplab qo‘rqitding-da!
–Yo‘g‘-e,qanaqasiga?
-U seni urib o‘ldirib qo‘ydim, deb o‘yladi. J J J
**** **** **** **** ****
Ota o‘g‘liga tanbeh beryapti:
— Ehhe, qundaligingni “ikki”lar bosib ketibdi-ku!
— Da-da!
— Gapirma! Senday paytimda “uch” olsam ham uyalardim. Sen bo‘lsang...
— Da-da, dada deyapman!
— Xo‘sh, nima demoqchisan o‘zi?
— Axir bu sizning o‘quvchilik paytingizdagi kundaligingiz-ku. Kecha eski kitoblaringiz orasidan topib oluvdim.
Mironshoh Ubaydullaev – kikboksingchi, Osiyo va jahon chempioni
Bir mast odam eski chiroq topib olibdi. Ishqalasa, ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni! Uchta tilagingni bajaraman, - debdi.
Mast odam unga:
—Kel yuzta-yuzta olaylik!
— O‘ylab ko‘r. Bu birinchi tilaging hisobidan ketadi.
— Mayli. Qani oldik.
— Endi ikkinchi tilagingni ayt!
— Yana yuz-yuz quy!
— Hoy inson, yaxshiroq narsa so‘rasang-chi?
— Ey, quy degandan keyin, quyda! Qani oldik.
— Balki uchinchi tilagingga biror nima so‘rarsan!
— Yana yuzta-yuzta olaylik!
— Sen aqldan ozibsan! Bu oxirgi tilaging.
— Mayli, roziman, - deb ichib yuborishibdi.
Jin chiroqqa qaytib kirib ketibdi-yu, besh daqiqadan keyin qaytib chiqib kelib:
— Mayli, to‘rtinchi tilagingni ham tila! Men roziman!, - dermish. J J J
**** **** **** **** **** ****
Podsho bir kuni Afandining oldida oynaga qarab, o‘zining xunukligidan shikoyat qildi:
— Qara, odam ham shunaqa xunuk, badbashara bo‘ladimi?
— Bir marta oynaga qarab shuncha xafa bo‘lasiz, o‘lmagan bizning jonimiz: har kun sizni o‘n marta ko‘rsak ham chidab yura beramiz.
**** **** ****
Ahmadbek EShMATOV tayyorladi
Fikrlar