Sportchilarimizdan bir shingil! (Uchinchi qism)
Mazkur ruknga bo‘lgan qiziqish asta-sekin ortib bormoqda desak, mubolag‘a bo‘lmas. Son bo‘yicha uchinchisi bo‘lgan bugungi qismida bokschi hamda shaxmatchilarimiz faol bo‘lishdi.
Xasanboy Do‘stmatov – bokschi, Olimpiada chempioni

- Salom!
- Privet.
- Axvolingiz qanday?
- Spasibo. Xorosho. Kak vashi dela?
- Yaxshi. Siz o‘zbekmisiz?
- Da.
- Unda nega o‘zbekcha gapirmaysiz?
- Ya po-uzbekski ponimayu, no ne umeyu govorit...
- Meni itimga o‘xsharkansizda...
- V smysle?
- Mening itim ham tushunadi, biroq, gapira olmaydi. ???? ????
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
- Afandi bozorga boraman deb otini egarlayotgan ekan,
- oti “1000 so‘m berib damasda borib kelaver" deyarmish... ???? ????
Qudrautullo Abduqahhorov- bokschi, IBF reytingi peshqadami

Supachaga mayiz yoygan dexqon, yoniga radioni qo‘yibdi va radioga telefon qilibdi:
- Allo, bu radiomi?
- Albatta, qanday tabrik yo‘llamoqchisiz?
- Yo‘q, tabrigim yo‘q. Shunchaki, supaga mayiz yoygandim. Har zamonda kisht-kisht deb turinglar, mayizni qushlar eb ketmasin... ???? ????
Azizbek Abdug‘ofurov – bokschi, WBC Silver kamari soxibi

Xayvonot bog‘ining direktoriga maymun arz qilibdi.
- Meni boshqa xonaga o‘tkazing iltimos!
- Men quyon va jirafa bilan yashamayman-debdi.
- Nimaga desa?
- Quyon kunduzi bilan latifa aytadi, jirafa esa, kechasi bilan kulib chiqadi dermish... ????
Irina Gevorgyan – shaxmatchi, Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni

- Garri Kasparov, kompyuterni yutishdan oldin, dazmolni va tovani yutgan,
- undan tashqari kir yuvish mashinasi bilan durangni qayd etgan. ???? ????
Nodirbek Yoqubboev – shaxmatchi, o‘smirlar Olimpiadasi chempioni

Britaniyalik olimlardan iqtibos:
- Shaxmat nafaqat logika va tafakkurni, u xatto skoliozni ham yaxshi rivojlantiradi... ???? ????
Ozoda Xusainova – shaxmatchi, maktab o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempioni

Shaxmatni endi o‘rganayotgan bola tsirkka boribdi va ustoziga debdi:
- Ustoz mana shaxmatni o‘rgatyapsiz. Kecha filning qanday yurishini o‘rgatdingiz. Lekin kecha, tsirkka bordim.
- Fil umuman dioganal bo‘yicha yurmas ekan-ku!!! ???? ????
Sarvinoz Qurbonboeva – shaxmatchi, Xalqaro ayollar grossmeysteri

Jinnixonadagi suhbatdan:
- Men 30 karra Jahon chempioni bo‘lganman. Lekin eng qiyin o‘yin o‘zim bilan o‘zim bo‘lgan.
- Yo‘g‘e?! Rostanmi? Kim yutgan?
- Yutqazib qo‘yganman. ???? ????
Sevara Baymuratova – shaxmatchi, Osiyo chempionati sovrindori

Ana u erda shaxamtchilar Taysonni urishmoqda!
- Bizlar ham shaxmatchilarmiz!
- Unda qochinglar, shundog‘am kam shaxmatchi qoldi... ???? ????
Xumoyun Begmurotov – shaxmatchi, FIDE ustaligiga nomzod

Dasturchi kompyuterdagi shaxmat bilan shaxmat o‘ynamoqda. 15 yurish va mot. Dasturchi kompyuterni qattiq urib:
- Jin ursin Windows , yana ishlamay qolyapti.
Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.

Fikrlar