Srechko Katanets: "Qabul qilib bo‘lmaydigan xatolar sabab musobaqani tark etsak, muxlislarimizdan uzr so‘rayman"

  • 23 yanvar, 2024, 20:00
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstraliya - O‘zbekiston terma jamoalari to‘qnashuvidan so‘ng tomonlarning bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Srechko Katanets ishtirok etdi.

Tecno

"Xayrli kech! Bugungi o‘yinda penalti haqida hech nima deya olmayman, ochig‘i. Bu qiziq va kulguli holat. Hakamlarga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman (kuladi). 

Qoidalar, hakamlarning o‘zaro suhbati haqida hech nima bilmayman. Ammo futbolchimiz to‘pga tegishni istamadi va bu shunchaki tasodifiy kontakt edi. Penalti bo‘yicha hakamlarning o‘zaro muloqotini eshitishni xohlardim. 

Shunga qaramay, futbolchilar va ular ko‘rsatgan o‘yindan qoniqish hosil qildim. Ulardan fahrlanaman va to‘liq ishonaman. Ammo yuqoridagi kabi qabul qilib bo‘lmaydigan xatolar sabab musobaqani tark etsak, muxlislarimizdan uzr so‘rayman. 

Avstraliyaga qarshi uchrashuv qiyin bo‘lishini hammamiz yaxshi bilardik. Kuchli jamoaga qarshi munosib o‘yin namoyish etdik, deb o‘ylayman.

To‘g‘ri, birinchi bo‘lim biz uchun yaxshi o‘tmadi. Raqibga ko‘p tomonlama yutqazayotgandik. Zarba berishda, imkoniyatlar paydo qilishda ular bizga deyarli imkon bermadi. Lekin baribir gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Ochko olganimizdan xursandmiz.

Igor Sergeevning jarohati biz uchun yomon xabar. Uning tezroq safga qaytishini kutib qolamiz. Bizda A, B va S rejalar bor edi. Endi Sergeev jarohat olgach, D rejani ham ishlab chiqamiz. Murabbiyning vazifasi - qiyinchiliklarga qaramay jamoa uchun to‘g‘ri yo‘l topish. 

Birinchi bo‘limda chap qanotdagi o‘yinimizdan qoniqmadim. O‘runov ko‘p harakat qildi, ammo uni almashtirishga qaror qildik. Gol urilgan vaziyatda esa bu qaror o‘zini oqlaganiga guvoh bo‘ldingiz. Avstraliyadek jismonan kuchli va bo‘yi baland yigitlardan tashkil topgan jamoaga bosh bilan gol urish biz uchun katta yutuq.

Yaxshiroq bo‘lish uchun ishlashda davom etishimiz kerak. Vaziyatlardan unumli foydalanish - muhim. Jamoaviy o‘yin tomonlama hozir yaxshimiz. Pley-offda bundan ham mukammal ko‘rinishda harakat qilsak, maqsadimizga etisha olishimizga shubha qilmasak bo‘ladi", - dedi sloveniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
23/01/2024 20:48
Файзуллаевни уртада сал оркарокда уйнатиш керак бугун у йаккаланиб колди
&
Адхамжон Низомов
23/01/2024 20:31
Дуранг булсин дегандим шкурки ютказмадик
Абдухаликов Мухаммад
24/01/2024 08:03
Дуранг австралия билан тенглашдик дегани аввал Эрон билан тенглашдик энди Япония корея даражасига етишимиз керак
Yunusov Bahrom
23/01/2024 22:59
To'pni darvozadan faqat oldinga tepish to'g'rimikin paslar sonini ko'paytirish ustida ishlansa yanada yaxshi o'yinlarni ko'rarmidik
&
Abbos_000
23/01/2024 22:38
Bugun zo'r o'yin bo'ldi Katanets o'z so'zini aytyapti og'alar. Xudo hohlasa Finalgacha boramiz!!!
&
Ali71
23/01/2024 20:05
Oldinda Abduholiqov yonda masharipov Urunov orqaroqda Fayzullayev ni tushur shunga aqli yetmedimi diymanda