Srechko Katanets va Ravshan Ermatov "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvini stadiondan kuzatdi va Qashqadaryo viloyati hokimi bilan uchrashdi

  • 26.08.2021 01:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Bugun Ravshan Ermatov va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Srechko Katanets Qashqadaryoga tashrif buyurib, viloyatdagi futbol klublar va ularning bazalarini ko‘zdan kechirishdi.

Sloveniyalik mutaxassis “Nasaf” U-21 va U-18 jamoalari qarorgohida klub murabbiylari bilan yurtimiz futboli hamda yosh futbolchilarning potentsiali xususida suhbatlashdi, kelajakda o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga ishonch bildirdi.

photo_2021-08-25_21-32-44

Shundan so‘ng, Ravshan Ermatov va Srechko Katanets OFK kubogining Markaziy mintaqasi final uchrashuvi doirasidagi “Nasaf” — “Ahal” jamoalari o‘rtasidagi bahsni stadiondan kuzatib borishdi.

photo_2021-08-25_22-12-40

“Markaziy” stadionda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev sloveniyalik mutaxassisga milliy urf-odatlarimizga xos mehmondo‘stlik ko‘rsatdi.

photo_2021-08-25_22-12-42

Qolaversa, viloyat hokimi O‘FA Faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqovni kuni kecha e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan muborakbod etdi.

photo_2021-08-25_22-12-42 (2)

Ma’lumki, Qashqadaryo futboli rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan taniqli mutaxassis Sergey Kucherenko yaqinda 60 yoshni qarshiladi. Ravshan Ermatov O‘FA nomidan Kucherenkoga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirdi.

photo_2021-08-25_22-12-43

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!