Starrijni Turkiyaga chorlashmoqda
“Liverpul” klubi sobiq hujumchisi Deniel Starrijga Turkiyadan taklif bo‘lmoqda.
Sky Sports nashrining yozishicha 29 yoshli angliyalik futbolchiga "Trabzonspor" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Starrijning so‘nggi jamoasi “Liverpul” klubi bo‘lgan edi. Joriy yoz mersisaydliklar bilan shartnomasi yakunlangach jamoani tark etdi. U hozirda erkin agent hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Starrij shuningdek "Manchester Siti" va "Chelsi" klublarida ham o‘ynagan.
Fikrlar