Stenddan otish. Sportchimiz jahon rekordini yangiladi!

Stenddan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etilayotgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Musobaqada terma jamoamiz sportchilari 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Qayd etish joiz, trap dasturida yoshlar o‘rtasida oltin medalga ega chiqqan Ohunjon Abduqodirov jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Oltin medal:
Ohunjon Abduqodirov (trap, yoshlar)

Kumush medal:
Yaroslava Eshtaeva (trap, yoshlar)

Bronza medal:
Ohunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov, Shohruh Sadirov (trap, yoshlar, jamoaviy)

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!