"Stok Siti" bosh murabbiyida koronavirus aniqlandi
"Stok Siti" klubi bosh murabbiyi Maykl O’Nilning koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija bergan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, bundan avval Maykl 5 marta test topshirgan va ularning barchasi manfiy natija bergan edi. Endi u karantinga olinadi va murabbiylar shtabi hamda futbolchilar bilan videoaloqa orqali bog‘lanib turadi.
Endi O’Nilning o‘rniga jamoani uning assistenti Billi MakKinlay boshqarib turadi.
Fikrlar