
Stol tennischilarimizning muvaffaqiyatlari
Xabaringiz bor stol tennisi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, kelasi yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining saralash bosqichidan o‘tishga muyassar bo‘ldi.
Shuningdek, Osiyo chempionatining yakkalik bahslarida Regina Kim turkmaniyatonlik Oguljanet Niyozgulijonovani 3:1 hisobida, Mehriniso Norqulova esa yordaniyalik Yara Al-Dmasini 3:0 hisobida taslim qildi va ilk davradan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Fikrlar