Suares "Ayaks"ni tabrikladi
"Barselona" forvardi Luis Suares o‘zining sobiq jamoasi "Ayaks"ni kecha "Santyago Bernabeu"da tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritib, Chempionlar ligasining navbatdagi bosqichiga chiqqani bilan tabrikladi.
“Tabriklayman! Men har doim ayakschi bo‘lganman”, - deb yozadi urugvaylik futbolchi o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Suares 2007-2011 yillarda “Ayaks” sharafini himoya qilgan. U amsterdamliklar safida jami 159 o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 111ta gol urishga erishgan.

Fikrlar