
Suares Braziliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi
"Gremio" markaziy hujumchisi Luis Suares Braziliya chempionatida 2023 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
36 yoshli hujumchi mahalliy "Oltin to‘p" bilan taqdirlandi. O‘tgan mavsumda urugvaylik futbolchi 33ta o‘yinda ishtirok etib, 17ta gol va 11ta golga assistentlik qilgan. O‘yin yakunida "Gremio" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Suares va Braziliya klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma dekabr oyi oxirida tugaydi. Avvalroq matbuotda Luis faoliyatini MLSda davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgandi. Hujumchining yangi ish joyi "Inter Mayami" bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar