
Suares operatsiya qilinadi. U qancha vaqt "Barselona"ga yordam berolmaydi?
"Barselona" klubi forvardi Luis Suares bir necha hafta jamoasiga yordam berolmasligi mumkin.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra urugvaylik futbolchi “Atletiko”ga (2:3) qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi yarim final bahsidan so‘ng jamoa shifokoriga borib uchragan. U tez orada tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va katta ehtimol bilan tizzasidan operatsiya qilinadi.
Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda Suares ko‘pi bilan 3 hafta davolanadi.
Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barselona” safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar