Suares Ronalduning rekordini "sindirdi"
Ispaniya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Atletiko” va “ Selta” o‘rtasidagi uchrashuvda tarixiy voqea qayd etildi.
Bellashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Mezbonlarning har ikki goliga mualliflik qilgan Luis Suares “Atletiko”dagi dastlabki 17 ta uchrashuvida raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi. Urugvaylik futbolchi XXI asrda bu ko‘rsatkichni qayd etgan yagona futbolchiga aylandi.
Avvalgi rekord faoliyatini A Seriyada davom ettirayotgan Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Portugaliyalik to‘purar La Ligadagi debyut mavsumida “Real” tarkibidagi dastlabki 17 ta o‘yinda 15 ta to‘p kiritgan edi.

Fikrlar