Sulsher MYuning jarohatlangan himoyachilari haqida ma’lumot berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoa tarkibida jarohat olgan himoyachilar ahvoli haqida ma’lumot berdi.

"Aksel Tuanzebe mashg‘ulotlarni boshladi. Erik Bayi va Timoti Fosu-Mensa esa yaxshi holatda.

Shou bugun mashg‘ulotlarda ishtirok etadi, shunday ekan yana ko‘ramiz. Unda kichik jarohat bor edi. Dalot maydonga qaytishi mumkin. Roxo esa o‘yinga tayyor emas, uning to‘pig‘ida jiddiy muammo bor edi. Uning tiklanib olishi uchun ko‘p vaqt talab qilinadi", - deya aytib o‘tdi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Manchester Yunayted" ertaga APL 23-turi doirasida "Liverpul" mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!