
Sulsher orzusidagi futbolchini olyapti
“Manchester Yunayted” rahbariyati Sulsher anchadan beri ko‘z tikayotgan Pau Torres transferi uchun sarmoya ajratishga qaror qildi.
Manchesterliklar ispaniyalik markaziy himoyachi transferiga 40 million funt va bir necha futbolchi sotuvidan keladigan mablag‘larni yo‘naltiradi.
Bundan tashqari, inglizlar Torresning narxini 50 million evroga baholagan “Vilyarreal”ga transfer doirasida o‘z himoyachisi Erik Bayini ham taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Agar “Manchester Yunayted” mutasaddilari Torres bilan kelisha olmasa, jamoaga “Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde yoki “Lester” vakili Chag‘lar Suyunjuni taklif qiladi.
Fikrlar