Superklub Arbeloaga ish berishni rad etdi
Bundesliganing eng qudratli klublaridan hisoblangan Leverkuzenning “Bayer” jamoasi bosh murabbiy lavozimi uchun Alvaro Arbeloa nomzodini rad etdi.
Klubda 43 yoshli mutaxassisni tayinlash imkoniyati bo‘lgan. Arbeloa 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismida Madriddning “Real” jamoasini boshqargan edi.
Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, Arbeloa Ispaniyadan tashqarida ishlashni afzal ko‘radi va mamlakatning boshqa klublariga qiziqish bildirmagan.
“Bayer” Arbelоaning ishini, jumladan u “Qirollik klubi”ning ikkinchi jamoasi – “Real Madrid Kastilya”ni boshqargan vaqtda ham diqqat bilan kuzatgan. Biroq Leverkuzen klubi uning jamoani darhol yuqori pog‘onalarga qaytarish uchun yetarli darajadagi murabbiy ekaniga ishonmayapti.
“Bayer” 2025/2026 yilgi Bundesliga mavsumini 59 ochko bilan oltinchi o‘rinda yakunladi. Jamoaga o‘tgan mavsumda Kasper Yulmann rahbarlik qilgan.
Arbeloa “Real” bosh murabbiyi sifatida 2026 yil 12 yanvarda ish boshlagan va klubni tark etgan Xabi Alonso o‘rnini egallagan edi. 22 may kuni u mavsum tugagach lavozimidan ketishini e’lon qilgandi.

Fikrlar