
Superkompyuter Angliyada qaysi jamoa chempion bo‘lishini aniqladi
OptaJoe kompaniyasining ma’lum qilishicha, superkompyuter yangi mavsumda “Liverpul”ning chempionlik uchun imkoniyati yuqori ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijasida sun’iy intellekt Yurgen Klopp jamoasining chempionlik imkoniyati 49,7 foizga tengligini aniqlagan.
Unga ko‘ra, amaldagi chempion “Manchester Siti” yangi chempionatni ikkinchi o‘rinda yakulash ehtimoli 47 foizni tashkil qiladi.
Shuningdek, “Tottenxem” va “Chelsi” mavsum oxirida kuchli to‘rtlikdan joy olib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. “Manchester Yunayted” va “Arsenal”ning ham kuchli to‘rtlikka kirish ehtimoli yuqori.
“Bornmunt” va “Nottingem Forest” ligadan tushib ketishi mumkin bo‘lgan ikki asosiy da’vogar sifatida qayd etilgan.
Fikrlar