Superkompyuter: Chempionlar ligasi gʻolibi oʻzgaradi!
Seshanba kuni Yevropa klub futbolining eng nufuzli musobaqasi — Chempionlar Ligasining yangi mavsumi start oladi. Ilk o‘yinlar oldidan Opta kompaniyasi mutaxassislari superkompyuter yordamida ishtirokchi jamoalarning g‘olib chiqish ehtimolini qayta hisoblab chiqdi.
Yangilangan prognozga ko‘ra, Chempionlar Ligasida eng katta imkoniyat «Arsenal» jamoasiga tegishli. London klubining kubokni qo‘lga kiritish ehtimoli 20,9 foizga baholangan. «Kanonirlar» haligacha mashhur «quloqli sovrin»ni yutmagan, ammo ikki marta finalgacha yetgan. Shulardan biri o‘tgan mavsumda qayd etilgan — o‘shanda «Arsenal» finalda penaltilar seriyasida PSJga mag‘lub bo‘lgan edi.
Reytingdagi ikkinchi o‘rinni 19,4 foizlik imkoniyat bilan «Bavariya» egallagan. Uchinchi pog‘onada esa 12,3 foiz ko‘rsatkichga ega «Manchester Siti» joylashgan.
Keyingi o‘rinlarda «Barselona» (8,2%), PSJ (7,1%), «Liverpul» (6,1%), «Real» (4,4%), «Manchester Yunayted» (3,8%) va «Inter» (3,6%) qayd etilgan.

Fikrlar