Superliga. 14-tur uchrashuvlari yakunlandi. Turnir jadvali bilan tanishing
Xabaringiz bor, kecha OKMK - "Surxon" uchrashuvi bilan Superliganing 14-turi ham o‘z nihoyasiga etdi.
Turning markazida uchrashuvida "Nasaf" Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan kuch sinashib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi va peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Kamoliddin Tojiev boshchiligidagi "sherlar" esa 23 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Shu bilan birga, "Navbahor" o‘z uyida "Mash’al"ni qabul qilib, javobsiz 6 ta gol urgan holda, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. "Neftchi" esa safarda "Qizilqum" bilan to‘qnash kelib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Mag‘lubiyatlar ko‘chasidan chiqa olmayotgan Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi olmaliqlar bu turda ham mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu turdan so‘ng turnir jadvali bilan tanishing.
.png)
Fikrlar