
Superliga. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Nasaf" "Dinamo" bilan durang o‘ynadi
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
11-daqiqada mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. "Ajdarlar" sardori G‘olib G‘aybullaev maydon markazida Kojoga nisbatan qo‘pol harakat qildi va hakam uni maydondan chetlatdi. 24-daqiqada Akmal Mozgovoy hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Dushan Miyich hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, "Nasaf" etakchiga aylanib olishi imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Nasaf
- A. Mozgovoy 24'
Tugadi
1
:
1
25.05.2024 19:00

Dinamo
- D. Mijić 60'
Fikrlar