Superliga. Bugun "Nasaf" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo‘ladi. Ustunlik qaysi jamoa tomonida?

  • 23 iyun, 2021, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Nasaf» OFK Kubogida ishtirok etishi tufayli O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvi qoldirilgan edi. Bugun 23-iyun kuni "ajdarlar" Bekobodda “Metallurg” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Ushbu baxs 20:00 da boshlanadi. 

Tecno

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 46 bor kuch sinashgan. Bo‘lib o‘tgan 11 uchrashuvda bekobodliklar, 29 o‘yinda esa qarshiliklar zafar quchgan. 6 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati 36:76 ga teng. Ustunlik "Nasaf" tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: "Metallurg" – "Nasaf" 3:0, “Nasaf“ – “Metallurg” 7:0.

Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2020 yili 26 oktyabr kuni Bekobodda o‘tkazgan. Bu uchrashuvda "ajdarlar" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi gollarga Bobir Abdixoliqov va Dilshod Saitov mualliflik qilgan.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

26.10.2020 Metallurg – Nasaf 0:2

06.07.2020 Nasaf — Metallurg 1:0

31.07.2019 Nasaf — Metallurg 1:2

23.06.2019 Metallurg — Nasaf 0:1

12.06.2018 Metallurg — Nasaf 2:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!