Superliga. "Metallurg"ning mag‘lubiyatsiz odimi davom etadi
Bundan biroz oldin O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan “Metallurg” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Bekobod shahridagi “Markaziy” stadionda kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol Suhrob Nurulloev mualliflik qildi.
O‘zbekiston Superligasi. 3-tur
“Metallurg” – “Qo‘qon-1912” 1:0 #Tugadi
Gol: Suxrob Nurulloev (2)
«Metallurg»: 1. Zafar Safaev, 5. Abbos Otaxonov, 7. Suhrob Nurullaev (17. Javohir Sohibov, 75), 8. Shahzod Shaymanov, 9. Zabixillo O‘rinboev, 10. Islom Isoqjonov, 16. Jasur Hasanov, 55. Akbar Ismatullaev, 77. Muhammad Isaev, 88. Abror Husinov (20. Dilyorbek Irmatov, 65), 90. Zafar To‘raev (91. Pavel Smolyachenko, 85).
Zahira: 35. Javohir Ilyosov, 15. Zohid Abdullaev, 30. Andrey Shipilov, 80. Saidjamol Davlatjonov, 97. Jamshid Yusupov, 99. Pavel Prushkin.
«Qo‘qon-1912»: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 9. Nosir Otaqo‘ziev (s), 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziev (18. Bahodir Pardaev, 71), 19. Suhrob Berdiev, 22. Murod Holmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov (7. Jamshid Hasanov, 86), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov (95. Milan Spremo, 46).
Zahira: 30. Islom Abdullaev, 14. Avazxon Mamatxo‘jaev, 15. Oybek Rustamov, 29. Igor Taran.
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi – I. Nexochin (Namangan).
Komissar: R. Chernikov.

Fikrlar