Superliga. "Nasaf" Qarshida "Navbahor"ni mag‘lubiyatga uchratdi, Abduvohid Ne’matovdan gol!

  • 30.06.2024 21:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol

Superliga 5-turi doirasidagi qoldirilgan "Nasaf" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Nikabadze hisobni ochgan bo‘lsa, Bobir Abdixoliqov hisobni tenglashtirdi. 13-daqiqada Farrux Sayfiev raqib jarima maydoni ichidagi pala-partishlikdan foydalanib, "lochinlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

34-daqiqada "ajdarlar"ning 34-raqamli futbolchisi Sherzod Nasrullaev oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 65-daqiqada "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgilandi. Abduvohid Ne’matov 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va qarshiliklarni oldinga olib chiqdi. 

Shu tariqa, Berdiev shogirdlari turnir jadvalida etakchiga aylanib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
30/06/2024 22:52
Шерзод ичкаридан югуриб чикди лекин Сайфиевни голи нохак гол чунки химоячини Навбахор хужумчиси тепиб йикитди туп Сайфиевга келиб тушди хакам кунталик килди хакикий ифлос хакам экан.
&
Бегматов Дилмурод
30/06/2024 22:35
Шерзодни голи ўйиндан ташқари холатда урилмадими?
30/06/2024 23:42
Sherzod toza gol urdi