
Superliga. "Qo‘qon-1912" yana mag‘lub bo‘ldi, bu safar "Buxoro"ga
Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Asad Sobirjonov, Doston Ibrohimov hamda Ivan Nagaevlar tomonidan kiritilgan gollarga qo‘qonliklar safida Murod Xolmuhammedov penaltidan kiritilgan yagona gol bilan bir bor javob qaytardi xolos.
Shu tariqa No‘’mon Hasanov shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 2 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. "Buxoro" esa 5 ochko bilan 7-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Fikrlar