
Superliga. "So‘g‘diyona" peshqadamlikni qaytarib oldi
Superliga 10-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Maydon egalari safida gollarga Norxonov, Halilov va Abdumannopov mualliflik qildi. Mehmonlarga bu o‘yinda gol urish nasib etmadi.
Shu tariqa, "So‘g‘diyona"ning ochkolari soni 20 taga etdi. "Bo‘rilar" ayni payt turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.
"Qo‘qon-1912" hisobidagi 10 ochko o‘zgarmay qoldi. "Shunqorlar" hozircha jadvalning 9-pog‘onasidan joy olgan.
Fikrlar