Superliga. "Vodiy derbisi"dan fotolavhalar!

  • 6 oktabr, 19:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Andijon" o‘rtasidagi markaziy bellashuvda farg‘onaliklar 2:0 hisobida mehmonlarni mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunlanayotgan bir paytda Abror Ismoilov chiroyli zarbasi bilan Erjan Tokotaev darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida esa Joel Kojo "Neftchi"ning ikkinchi goliga mualliflik qilgan holda, oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, farg‘onaliklar ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 51 taga etkazib olib, peshqadam "Nasaf" bilan farqni 2 tagacha qisqartirdi. "Burgutlar" esa 23 ta uchrashuvdan so‘ng 25 ochko jamg‘argan holda, 11-o‘rinda qolmoqda.

Bellashuvdan fotolavhalarni tomosha qiling:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!