Superligada gollar o‘nligi (Video)

  • 06.04.2023 12:39
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

31 mart – 3 aprel kunlari Superligada 4-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Yoshlarga e’tibor qaratgan “Surxon” Toshkentda “Buxoro”ni taslim etdi. “Neftchi” yuqoriga intilayotgan OKMK bilan durang o‘ynab, 4-turga kelib ochko yo‘qotdi. “Navbahor” kutilganidek “So‘g‘diyona”dan qiyinchiliksiz ustun keldi.

“Qizilqum” bir maromda o‘ynay olmayotgan “Nasaf” bilan murosa ko‘chasini tanladi. To‘g‘riroq qilib aytgandi, “ajdarlar” oxirgi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutilib qolishdi. “Bunyodkor” joriy yil hisobidan o‘z uyidagi ilk uchrashuvni g‘alaba bilan boshlay olmadi. “Paxtakor” Bekoboddagi bahsga 1 soat qolganda etib borib, 3 ta gol urib, ortga 3 ochko bilan qaytdi. “Andijon” o‘z uslubida. “Burgutlar” Toshkentda “Olimpik”ni standart vaziyatidan jazolay oldi.

Endi esa ushbu turda kiritilgan eng chiroyli gollarni taqdim etamiz.

10.Gollar o‘nligini “Navbahor” vakili Milosh Milovich boshlab berdi. Jamshid Iskanderov standartdan to‘pni qanotda turgan hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqovga tashlab berdi. U jarima maydoniga oshirgan to‘pni himoyachi Milosh Milovich boshi bilan darvozaga yo‘lladi.

9.“Andijon” “Olimpik”ka o‘z uslubida gol urdi. Kam harakat, ammo samara bor. Baland bo‘yli futbolchilar to‘pni erga tushirmay gol urdi. Tezkor gol, yakunda “burgutlar”ga muhim g‘alaba, murabbiyga esa biroz hotirjamlik taqdim etgan bo‘lsa ne ajab.

8_2

8.Hujumga o‘tayotgan “Metallurg” markazga etmay to‘pni oldirdi. Formaga tushib borayotgan “sherlar” bu vaziyatni ijobiy yakunlashdi. Cheran yana katta sahnada. Dragan 4 ta gol bila to‘purarlar poygasida etakchilik qilmoqda.

7.Xurshid G‘iyosov klubiga muhim golni taqdim etdi. Markazdan boshlangan hujumni G‘iyosov samarali yakunladi.

6.Hozirgi “Navbahor”ning o‘yinini Jamshid Iskanderovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uning noodatiy paslari raqibni esankiratib qo‘yadi. Bu holatda ham Jamshid qanday pas berganiga e’tibor bering. Shahboz Jo‘rabekov to‘pni to‘xtatmay o‘tkir burchakdan darvozabonni dog‘da qoldirdi.

photo_2023-04-02_00-18-47

5.Islom Kenjaboev “Qizilqum”ni tortib yuribdi. Deyarli barcha uchrashuvlarda uning harakatlari evaziga jamoa ochko ishlayapti. Sobiq klubiga qarshi bellashuvda ayni paytda eng kuchli deya aytilayotgan “Nasaf” himoyachilarini ham aldab o‘tib, gol urdi.

4.Oston O‘runov mavsumni yaxshi boshladi. “Navbahor”ga qaytganida uning qanday formada ekanligi borasida ko‘pchilikda shubha bor edi. Biroq u shu golining o‘zidayoq yuqori darajadagi futbolchi ekanligini ko‘rsatdi.

3.Xirshid G‘iyosovning goli jamoasiga g‘alaba olib kelishiga mana shu futbolchi to‘sqinlik qildi. Avval ham Nurullo To‘xtasinovning uzoq masofadan gollar urganini “Bunyodkor” va “So‘g‘diyona”da ko‘p bora ko‘rgandik. Endi u bu ishni “Neftchi”da bajarishga kirishdi. Bir so‘z bilan aytganda, To‘xtasinov o‘z uslubida.

photo_2023-04-01_10-54-05

2.Yuqori o‘rinlarni “Surxon” vakillari egalladi. Termizliklar legioneri Nimeli bir qarashda gol bo‘ladigan vaziyat yo‘qdek ko‘ringan holatdan unumli foydalandi. Futbolchi qanotdan markaz tomon yurib bordi va kuchli zarba bilan to‘pni to‘rga yo‘lladi.

1.Birinchi o‘rin Humoyun Sherbo‘taevga nasib etdi. Pushka zarbasi bilan to‘pni to‘xtatmay darvozaga joylab qo‘ydi. To‘p to‘singa tegib, darvozadan o‘rin olgani golning jozibasini yanada oshirdi.

IMG_4552

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon1968
06/04/2023 22:38
Ўринлар тўғри белгиланипти, холисона