Taekvondo. Bugun Rashitov, Po‘latov va Qayumova dayanga chiqadi

  • 3 iyun, 2022, 07:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Italiya poytaxti Rim shahrida Butunjahon taekvondo Gran pri musobaqasi start oladi.

Tecno

-68kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni, musobaqada 2-raqam ostida saralangan Ulug‘bek Rashitov ilk bosqichda 31-raqamda saralangan ivuarlik Aaron Kobenan bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahs g‘olibi Xo Jun Jin (Janubiy Koreya) - Ferhat Jan Kavurat (Turkiya) jangi g‘olibi bilan uchrashadi.

Shu vaznda yana bir hamyurtimiz Niyaz Po‘latov ham ishtirok etadi. U dastlabki bosqichda frantsiyalik Dilan Chellamotoga qarshi jang qiladi. Bu bahs g‘olibi nimchorak finalda Xaver Peres Polo (Ispaniya) - Faysal Saidi (Marokash) jangida zafar quchgan taekvondochiga to‘qnash keladi.

-57kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Charos Qayumova ilk bosqichda vengliyalik Luka Patakfalviga qarshi jang qiladi. Ushbu bahsda g‘olib chiqqan sportchi keyingi bosqichda Zelixa Agris (Turkiya) - Nada Laaraj (Marokash) jangi g‘olibasiga qarshi to‘qnash keladi. 

Taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!