
Tailand bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bizning uslubimizga mos kelmaydigan futbol namoyish etadi"
O‘ZBEKISTON - Tailand terma jamoalari to‘qnashuvidan so‘ng tomonlarning bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Tailand terma jamoasi Masatada Ishi ishtirok etdi.
"Xayrli kech, barchaga! Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo daraja baribir o‘z so‘zini aytdi. Biz harakat qildik, imkoniyatlar yaratdik. Raqib ham g‘alabaga munosib o‘yin namoyish etganini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim.
O‘zbekiston bizning uslubimizga mos kelmaydigan futbol namoyish etadi. Shu sabab bugun biz qiyinchiliklarga ko‘proq duch keldik. Bu kabi uchrashuvlar biz uchun saboq bo‘lishi lozim. O‘ylaymanki, musobaqada yomon ishtirok etmadik.
Endi bor e’tiborimizni Jahon chempionati saralash bosqichiga qaratishimiz kerak. Biz bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqdamiz va buni raqiblar ham his qilmoqda. Keyingi safar natijamiz bundan ham yaxshi bo‘lishiga umid qilaman", - dedi mutaxassis.
Fikrlar