Tanish-bilish ketmaydi. Zidan ishsiz qolmoqda

  • 8 iyun, 2020, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan darvozabon o‘g‘li Lyukaga jamoa topib berolmayapti. O‘g‘li “Real”ga tortmaydi, shuning uchun frantsiyalik murabbiy u bilan shartnomani uzaytirmoqi emas.

Tecno

Yaqinda Lyukaning “Monpele”ga o‘tishi haqida gap chiqqan edi. Frantsiya klubi prezidenti darhol raddiya berdi.

- Lyuka Zidanni olmaymiz. Bizga asosiy tarkibda o‘ynashga qodir darvozabon kerak. Zidanning agenti biz bilan bog‘landi, biz uni so‘raganimiz yo‘q, - degan bayonot berdi “Monpele” rahbari.

Ayni paytda Lyuka ijara asosida “Rasing” darvozasini qo‘riqlamoqda.

“Real”da porlagan yulduzlar

Zidanning rejasi ish bermadi. “Real” super futbolchidan voz kechdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!