Ten Xag Rangnikning “tagiga suv quygani” fosh bo‘ldi

  • 26.06.2022 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag  klubda germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik bilan birga ishlashdan boo‘ tortdi, deb xabar bermoqda ESPN nashri.

Tecno

Manchesterliklar germaniyalik Rangnik bosh murabbiylikni topshirganidan keyin unga klub tizimida boshqa lavozim berishni rejalashtirayotgan edi. Lekin Erik ten Xag bunga qarshi chiqdi.

Rangnik ish masalasini niderlandiyalik hamkasbi bilan yuzma-yuz hal qilmoqchi bo‘ldi. Biroq Erik u bilan telefon orqali muloqot qilishni ma’qul ko‘rdi.

Bundan tashqari, klub rahbariyatiga Rangnikning jamoani kuchaytirish uchun kamida o‘nta futbolchi sotib olish haqidagi chiqishlari ham yoqmagani aytilmoqda.

Rangnik Manchesterdan ketganidan keyin Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!