
Ten Xag Ronaldudan norozi ekanligini yashirmadi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Krishtianu Ronalduning xatti-harakati haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik yaqinda bo‘lib o‘tgan "Rayo Valekano"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini vaqtida gollandiyalik mutaxassis bilan tortishib qolgandi.
“Men uning bunday xatti-harakatni qabul qololmayman. Bu futbolchi uchun ham, men uchun ham yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Mening qoidalarimga hamma amal qilishi kerak. Biz bir jamoamiz, shuning uchun barcha futbolchilar klub kelajagi uchun birdek harakat qilishi zarur”, — dedi Ten Xag matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi. Portugaliyalik hujumchi kelasi mavsum Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubda o‘ynashni istamoqda.
Fikrlar