
Terens Kroufordni "tunab" ketishdi
Yarim o‘rta vazn toifasida WBO chempioni Terens Krouford (39-0,30 KO) Omaxadagi uyidan zargarlik buyumlari va qimmatbaho soatlar o‘g‘irlangani haqida politsiyaga ariza topshirdi.
TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, uch vazn toifasidagi jahon chempioni har biri 100 dollardan ortiq bo‘lgan ikkita qimmatbaho soatni, shuningdek, bokschining bosh harflari “TBC” bilan bezatilgan bir nechta tilla zanjirlarini yo‘qotgan.
O‘g‘irlik 17-20 mart kunlari sodir bo‘lgan va o‘g‘irlangan umumiy summa 317 ming dollarga baholanmoqda. Krouford allaqachon jinoyatchilar haqida ma’lumot olish uchun 100 ming dollar to‘lash taklifi bilan jamoatchilikka murojaat qilgan va tergovlar ham boshlab yuborilgan.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Krouford o‘tgan yilning dekabr oyida chempionlik unvonini oltinchi bor himoya qildi.
Fikrlar