Terma jamoa o‘yinchisini ikki grand talashyapti
Angliya Premer-ligasining ikki grandi – “Chelsi” va “Manchester Yunayted” Germaniya terma jamoasi va “RB Leyptsig” klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Assan Uedragoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining shartnomasida muddatidan oldin bekor qilish bandi yo‘q. “Buqalar” Uedragoni kelasi yozda faqatgina foydali taklif bo‘lgan taqdirda sotishga tayyor bo‘ladi.
Joriy mavsumda “RB Leyptsig” yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol va to‘rtta golli uzatma qayd etdi.
O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 million evroni tashkil etadi.
Uedrago 17 noyabr kuni 2026 yilgi jahon chempionati saralash turnirida Slovakiyaga qarshi uchrashuvda (6:0) Germaniya terma jamoasi safida debyut qildi.
Fikrlar