Tezkor! "Liverpul" Bellingem uchun kurashdan chiqdi

  • 12 aprel, 2023, 02:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jud Bellingem yozda "Liverpul"ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Sababi, "Borussiya" yarim himoyachi uchun 130 million evro talab qilmoqda. Bundan tashqari, futbolchining maoshi va agentlariga to‘lanadigan pullar ham Angliya grandi uchun qimmatlik qildi. Jamoa kelasi mavsum uchun bitta emas, bir nechta yarim himoyachilar sotib olishni istaydi. Ushbu xabarlarni insayder Fabritsio Romano ham tasdiqladi.

Tecno

"Liverpul" kurashdan chiqqanidan keyin Bellingemni sotib olish uchun "Real" favoritga aylandi. Shuningdek, uni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va PSJ klublari harakat qilmoqda. 

Endilikda mersisaydliklar 19 yoshli inglizga muqobil variantlarni ko‘rib chiqadi. Asosiy nomzod Maunt bo‘lib turibdi. Klub Tilemansni erkin agent sifatida olib kelish haqida ham o‘ylamoqda. Shu bilan birgalikda, Makkalister va Barella kabi futbolchilarga qiziqyapti.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!