Tezkor xabar! Ignatiy Nesterov 8 oyga diskvalifikatsiya qilindi

  • 11 may, 2019, 15:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov 8 oyga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda "Futbolium" telegram kanali xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 35 yoshli posbon ta’qiqlangan moddalarni iste’mol qilgani uchun jazolangan. Uning diskvalifikatsiya muddati esa 2019 yilning 13 oktyabrida tugaydi. Qoidaga ko‘ra u jazo muddati tugashiga 2 oy qolgandan boshlab mashg‘ulotlarga kirishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Nesterov yanvarda BAA yashil maydonlarida o‘tkazilgan Osiyo kubogida topshirgan doping testlari ijobiy natija bergan edi. U qit’a birinchiligidan so‘ng Saudiya Arabistonining "Al-Uxud" klubi bilan shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!