"The Ring" jurnali yil nominatsiyalarini e’lon qildi

  • 24 dekabr, 2019, 14:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Nufuzli The Ring jurnali tomonidan yil nominatsiyalari e’lon qilindi. Xabaringiz bor “Yilning eng yaxshi yosh bokschisi” yo‘nalishida hamyurtimiz Isroil Madrimov ham nomzodlar orasida edi. Afsuski, yakunda yurtdoshimiz bu sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Lekin u albatta yaqin yillar orasida bundanda nufuzli nominatsiyalarni qo‘lga kiritishiga ishonamiz!

 Demak:
“Yil nokauti”- Deontey Uaylder hamda Luis Ortis o‘rtasidagi jangda qayd etilgan nokaut;

“Yil murabbiyi” - Eddi Chepo Reynoso, Saul Alvaresning murabbiyi;

“Yil sensatsiyasi” – Endi Ruisning dastlabki jangda Entoni Joshuani mag‘lub etishi;

“Yil qaytishi” – Jamil Xerring;

“Yil voqeasi” – Entoni Joshua hamda Endi Ruisning revansh jangi;

“Yil raundi” -  Ruis va Joshua o‘rtasidagi birinchi jangning uchinchi raundi;

“Yilning eng yaxshi yosh bokschisi” – Virjil Ortis;

“Yil jangi” -  Naoya Inoue -Nonito Doner o‘rtasidagi jang (WBSS);

“Yilning eng yaxshi bokschisi” – Saul Alvares.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!