Tiago Silva: Messiga qarshi o‘ynash hamisha qiyin bo‘lgan

  • 30.06.2019 20:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Tiago Silva Amerika kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Argentinaga qarshi bahs oldidan raqib jamoa etakchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Messi – futbol tarixidagi eng zo‘r futbolchi. U men ko‘rgan futbolchilar orasida eng zo‘ri. Unga qarshi o‘ynash men uchun sharaf. Unga qarshi kechgan har bir o‘yin men uchun qiyin bo‘lgan. U har doim jamoasiga natija keltirishi mumkin”, - deydi Silva.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya va Argentina bahsi 3 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!