
Timur Kapadze: "Kojoni to‘xtatish bo‘yicha Karlenovichdan so‘rayman"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan avval hozirgi kunda "Istiqlol" safida harakat qilayotgan Joel Kojoni qanday to‘xtatishi haqidagi savolga javob qaytardi.
«Kojo – yaxshi taassurot qoldiryapti. "Dinamo"da ham, Qirg‘iziston milliy terma jamoasida ham o‘zini ko‘rsatdi.
Qirg‘iziston bilan o‘yin oldidan Vadim Abramovdan "Karlenovich, Kojoni qanday kamchiliklari bor?" deb so‘rayman. Oldin aytmagan bo‘lsa ham, endi aytishi zarur. O‘ylaymanki, jamoamiz safida ham bir necha saviyali yaxshi himoyachilar bor va ular Kojoga bu safar imkoniyat berishmaydi" - dedi milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, Kojo 2024 yilgi mavsum "Dinamo" tarkibida 27 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar