Timur Kapadze: "Uni hech qanaqasiga terma jamoaga jalb qilmaymiz"

  • 25 may, 2024, 00:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Olimpik” – “Andijon” (0:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiy Timur Kapadze ishtirok etdi.

Tecno

- O‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. “Andijon” hozir ajoyib formada, yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Ayniqsa, bu yil jamoa ancha kuchaydi. Ijobiy natijalarga erishyapti. Shuning uchun qiyin uchrashuv bo‘lishini kutdik. Raqibni o‘rganib chiqdik. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Durang adolatli bo‘ldi. Biz ularga deyarli imkoniyat bermaslika harakat qildik, ular ham bizga to‘sqinlik qilishdi. Balki ikkala jamoada bir-ikkita imkoniyat bo‘lgandir. Umuman olganda, durang adolatli.

- So‘nggi uchrashuvlarda tarkibni o‘zgartirdingiz. Bunga sabab nima? Oxirgi paytlarda ko‘p futbolchilar yozda “Olimpik”ni tark etadi, degan gaplar yuribdi. Balki shuning uchun ularni o‘rnini bosadigan o‘yinchilarni tushiryapsizmi?

- Yo‘q, bunday emas. Kim ketadi, kim qoladi, buni vaqt ko‘rsatadi. Bunga qaramayapmiz. Oldimizda Olimpiada turibdi, jamoani shunga tayyorlaymiz. Tarkibdagi o‘zgarishlar jarohat bilan bog‘liq. Ikkala darvozabonimiz – Hamid va Shukron ham jarohatda. O‘tgan safar va bugun ham Eden maydonga tushdi. Yomon emas, yaxshi. Imkoniyat beryapmiz va bundan foydalanyapti. Toirovga kelsak, o‘tgan safar markaziy himoyachimiz jarohat oldi. Bizda jarohatdagi futbolchilarimiz ko‘p. Toirov esa avval jarohatda edi, endi safga qaytdi. Mamasidiqov ham tarkibga qaytyapti, keyingi uchrashuvdan maydonga tushadi. Rotatsiya avval jarohat bilan bog‘liq, ikkinchidan hammasiga imkoniyat beryapmiz.

- Bunday jarohatlar nima bilan bog‘liq?

- Har xil jarohat bor. Futbol kontaktli o‘yin, baribir kurashlar bo‘ladi. Jiddiy jarohatlar emas. Faqat vaqt kerak. Qolgani yaxshi formada. Qo‘rqmasdan rotatsiya qilyapmiz.

- “Olimpik” mavsum oxirigacha shu tarkib bilan o‘ynaydimi yoki yozda yangi yoshlar taklif qilinadimi?

- Bizda doim selektsiya davom etadi. Yozda ayrim futbolchilarni ketish ehtimoli bor. Mavsum boshida kelishuv bor edi, ketayotgan joyida orqaga qaytishgan. Ularni o‘rniga boshqalarni taklif qilib, ishlashda davom etamiz.

- “Andijon”dagi Sherzod Esanov qo‘l ostingizda to‘p surgan. Uni terma jamoaga chaqirardingiz, rasmiy musobaqalarda o‘ynagan. Lekin oxirgi paytlarda termaga jalb qilmayapsiz. Ayting-chi, Esanovni Olimpiadada qatnashish imkoniyati qanday?

- Ularni hammasida imkoniyat bor, barchasini kuzatyapman. Nafaqat Esanov, balki Bektemir Abdumannonov ham yaxshi o‘ynayapti. Himoyachi Islom Mamatkazin ham ro‘yxatda bor, ularni kuzatyapmiz. Rostdan ham ular “Andijon”ning g‘alabalariga katta hissa qo‘shishyapti. Bilasizlar, terma jamoada raqobat bor. Solishtiramiz, kim kuchliligini. Islom Mamatkazinni oldin chaqirganman, ko‘rganman. Ammo oldingi Islom bilan hozirgisini farqi bor, ayni paytda ancha kuchaygan. Ko‘z tegmasin, shunday davom etsin. Nafaqat olimpiya, balki kelajakda milliy terma jamoamiz uchun ham yaxshi nomzod. Bektemir va Sherzodni ham yaxshi taniyman. Jamoamda to‘p surishgan, imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Imkoniyat bo‘lsa, chaqiramiz, ko‘ramiz. Lekin Olimpiada uchun tarkib qisqaryapti, 18 nafar futbolchi jalb qilish kerak. Kamaytirgan holat, bosh qotyapti. Ular bilan gaplashib turamiz. Kecha mashg‘ulot oldidan ham ko‘rishdim. Deyarli ukalarim, desam ham bo‘ladi. Balki mendan nimadirlar o‘rganishgandir. Bu yigitlarga faqat omad tilayman. Kelajagi bor, ularni. Mehnat qilishda davom etishsin. Olimpiadada hech kim oldindan aniq o‘ynayman deb ayta olmaydi. Kimga nasib qilsa, eng kuchlilarini olib ketamiz. Bu futbolchilar uchun barchasi oldidan.  

- Olimpiada masalasi ochildi. Oxirgi paytlarda O‘zbekistonda tug‘ilgan va Kanadada o‘ynayotgan futbolchini terma jamoaga jalb etilishi mumkin degan mish-mish tarqaldi. Shu masalaga javob bersangiz.

- Qaysidir jurnalist telegramdan shu haqida so‘radi. To‘g‘risini aytsam, men ham bu narsani sizlardan eshitdim. Uni hech qanaqasiga jalb qilmaymiz. Balki hozir zo‘r bo‘lishi mumkin, biroq men uni tanimayman, bilmayman. Faqat internet tarmoqlari orqali ko‘rdim. Zo‘r bo‘lgan taqdirda ham uni qo‘sha olmaymiz. Chunki 70 talik ro‘yxatimizda u yo‘q.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
25/05/2024 11:37
Темур ва унинг жамоасига омад ёр бўлсин !