Tojikistonda yana bir xalqaro turnir!

  • 13.11.2025 15:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 9–17 noyabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida “Tojikiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqada dunyoning 17 mamlakatidan jami 233 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Ulardan 33 nafari O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 46 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

”A” guruhi uchun – 36 000 dollar,
”B” guruhi uchun – 10 000 dollar ajratilgan.

“A” guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekistonlik shaxmatchilar:

 1. Saidaliev Saidakbar – Xalqaro sport ustasi (2455)
 2. Begmuratov Xumoyun – Xalqaro sport ustasi (2448)
 3. Baxrillaev Bahrom – Xalqaro sport ustasi (2425)
 4. Abdurahmonov Muhammadali – Xalqaro sport ustasi (2369)
 5. Omonov Asrorjon – Xalqaro sport ustasi (2348)
 6. Sharipov Davron – FIDE sport ustasi (2336)
 7. Bozorov Javohir – FIDE sport ustasi (2316)
 8. Saydaliev Akobirkhon – Xalqaro sport ustasi (2287)
 9. Abduhakimov Akbarali – FIDE sport ustasi (2277)
 10. Azizov Sa’dullo – FIDE sport ustaligiga nomzod (2266)
 11. Tillaev Ulug‘bek – Xalqaro sport ustasi (2249)
 12. Obidov Biloliddin – (2244)
 13. Xamzaev Shahzodbek – FIDE sport ustasi (2243)
 14. Umarov Behruz – (2204)
 15. Karimov Shahrombek – (2202)
 16. Kasimov Rauf – (2195)

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!