
Tokio-2020. Hikmatilloh To‘raevning navbatdagi raqibi ancha jiddiy
Dzyudochilarimizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi uzoq kutilgan g‘alabasi etib keldi. Bugun -73 kg vazn toifasidagi vakilimiz Hikmatilloh To‘raev ilk bosqichda muvaffaqiyat qozondi.
Germaniyalik Igor Vandtkega qarshi bahsda vakilimiz o‘zining ishonchli harakatlari bilan dzyudo muxlislariga ishonch bag‘ishladi. Qayd etish joiz, vakilimizni keyingi bosqichda ancha jiddiy raqib kutib turibdi. Chorak finalga chiqish uchun u janubiy koreyalik An Changrimga qarshi tatamiga chiqadi. Bo‘lajak bahsda ham To‘raevga omad tilab qolamiz.
Vakillarimizning ishtiroklarini SPORTS.uz saytida onlayn kuzatib boring!
Fikrlar