
Toma Tabatadze etakchiga aylanib oldi
Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
"Lochinlar" safida Toma Tabatadze gol urgan bo‘lsa, "konchilar"ning goliga Sardor Rahmonov mualliflik qildi. Shu orqali gruziyalik forvard gollari sonini 3 taga etkazdi va hozircha to‘purarlar poygasida peshqadamga aylanib oldi.
Hozircha "Paxtakor" sardori Dragan Cheran, "Neftchi" hujumchisi Nsungusi Effiong va "Lokomotiv" himoyachisi Dilshodjon Komilovlar hisobida ikkitadan gol bor.
Fikrlar