“Top-liga”ning eng zo‘r to‘purari ham Osiyoga ketdi

  • 22.07.2025 06:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempionati A Seriyaning 2024-2025 yilgi mavsumi to‘purari Mateo Retegi faoliyatini Evropadan tashqarida davom ettiradigan bo‘ldi.

Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali “Atalanta” forvardini transfer qilganini bildirdi.

26 yoshli futbolchi Argentinada tug‘ilgan, lekin Italiya pasportiga ega va xalqaro maydonda italiyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Retegi “River Pleyt” va “Boka Xuniors” klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Argentinada “Estudiantes”, “Taleres”, “Tigre” kabi jamoalarda ham o‘ynagan.

Mateo Evropadagi faoliyatini 2023 yili “Jenoa”dan boshlagan. O‘tgan yili yozda “Atalanta”ga ko‘chib o‘tgan hujumchi A Seriyada 36 ta uchrashuvda 25 ta to‘p kiritib, chempionatning eng zo‘r to‘purari bo‘ldi.

“Al-Qodisiya” mahoratli hujumchi bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzganini ma’lum qildi.

Retegi Italiya terma jamoasida yigirmata uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti marta ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!