
“To‘pchilar” uch superforvardni nishonga oldi
“Arsenal” qishki transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Taniqlik insayder Ekrem Konur “to‘pchilar” yanvar ofida ikkita mashhur futbolchini transfer qilishga urinishi haqida ma’lumot tarqatdi.
Londonliklar “Inter” to‘purari Lautaro Martines, “Yuventus” forvardi Dushan Vlaxovich hamda “Brentford” hujumchisi Ayven Tounidan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Lautaro Martinesni Angliyaga ko‘chirib kelish ancha qiyin masala. Argentinalik yulduz avval ham Angliya Premer-ligasida bo‘lgan takliflarni qabul qilmagan.
Dushan Vlaxovich “Yuventus”ning etakchi hujumchisi bo‘lishiga qaramay, yaxshi taklif Turin klubini transferga ko‘ndirishi mumkin.
Ayven Touni qimorga pul tikkani uchun sakkiz oyga futboldan chetlatilgan. Uning diskvalifikatsiyasi yanvarning yarmida tugaydi. “Brentford” bu hujumchini ushlab qola olmasligini biladi. Biroq Ayven Touniga bir necha grandlar ish taklif qilayotgani “Arsenal”ning ishlarini qiyinlashtirib yuborishi mumkin.
Fikrlar