To‘purar legionerimiz mag‘lubiyatini tan oldi, lekin endi taslim bo‘lmaydi!

  • 26 fevral, 2023, 23:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilni Qozog‘istonning “Ordabasi” klubida o‘tkazadigan ikki futbolchimiz – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov mavsumni birinchi urinishdayoq sovrin bilan boshlashi mumkin edi. Biroq hal qiluvchi bahsda raqib zafar quchdi.

Tecno

O‘tgan yil Shahbozga ham, Boburga ham omadli keldi. Shahboz BATEdagi mojaro tufayli yarim yilni maydondan tashqarida o‘tkazib yuborganiga qaramay, mavsumning ikkinchi yarmida “Ordabasi”ga ko‘chib o‘tib, o‘yinini yana yuqori darajaga ko‘tara boshladi. Umarov shimkentliklar bilan barga Qozog‘iston kubogida zafar quchgani uning Qozog‘istonga kelish tanlovi to‘g‘ri bo‘lganini ko‘rsatdi.

63f9ebade1085

Bobur Abduxoliqov esa Belarusda ancha shov-shuvlarga sababchi bo‘lganidan xabaringiz bor. Belarus oliy ligasining kumush medali, to‘purarlar poygasi g‘olibligi, liganing eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritib, bu mamlakat chempionatari tarixida 26 ta gol bilan legionerlar rekordini o‘rnatdi.

Abduxoliqov yangi sarguzashtlar izlab qo‘shni mamlakatdan qo‘nim topdi. Biroq, har ikki futbolchimiz ilk daqiqalardan maydonga tushgan Qozog‘iston Superkubogi uchun uchrashuvda ”Ordabasi” mamlakat chempioni – “Astana”ga 1:2 hisobida yutqazdi.

Bellashuvdan keyin Bobur Abduxoliqov eng ko‘p la yarim yil uchun  Meta-ratings.kz saytiga intervyu berdi.

- “Astana”ni g‘alaba bilan tabriklayman! Ular munosib tarzda g‘olib bo‘ldi, ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratishdi va gollarini urishdi. Ikkinchi bo‘limda jamoamizda ham hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, lekin biz foydalan olmadik.

- Sen Belarus chempionatida eng zo‘r to‘purar bo‘lding. Qozog‘istonda ham shu sovrin uchun kurashasanmi?

- Har bir hujumchi o‘z oldiga imkon qadar ko‘p to‘p kiritishni maqsad qilib qo‘yadi. Men ham bundan mustasno emasman. Bu o‘xshaydimi yoki yo‘q, boshqa masala. Albatta, har bir uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga intilaman.

- Shimkent O‘zbekistonga yaqin joylashgan. Balki, seni ko‘proq kuzatishar. Terma jamoadan tezroq muqim o‘rin olish istagi bormi?

- Albatta. Har qanday futbolchi milliy terma jamoaga kirishni orzu qiladi. Men ham o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsatishga harakat qilaman.

- Seni jamoada qanday kutib olishdi? “Ordabasi” o‘z oldiga bu mavsum uchun qanday maqsadlarni qo‘ygan?

Bizning vazifamiz – imkon boricha yuqori o‘rinlarni egallash va kuchli uchlikdan joy olish.

abduxoliqov

25 yoshli hujumchimiz “Nasaf” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qarshi klubidan tashqari, Ukrainaning “Rux” va Belarusning “Energetik-BGU” jamoalarida to‘p tepgan. Shuningdek, Bobur Abduxoliqov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida to‘rtta o‘yinda qatnashgan.

Oldinda muhim o‘yin! Shomurodovga asosiy tarkibda joy bormi?

Yangi bosh murabbiy Shomurodovga baho berdi

Yangi murabbiy Shomurodovni o‘ynatmaydimi?

Hujumchimiz sakkizta legioner bilan birga o‘ynaydi

Endi Shomurodovga boshqalar ustozlik qiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!