
To‘purar legionerimizga qimmatbaho raqobatchi keldi!
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Qozog‘iston Premer-ligasida g‘oliblik uchun kurashayotgan “Ordabasi”ga ham muxlislik qilmoqda.
Chunki joriy mavsumda bu jamoa tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki futbolchisi – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov to‘p tepmoqda.
Chimkentliklar tez orada UEFA miqyosdagi xalqaro turnir – Konferentsiyalar ligasidagi ishtirokini boshlaydi. Ushbu musobaqaning saralashida “Ordabasi” keyingi raundga o‘tish uchun Polshaning eng qudratli klubi “Legiya” qarshiligini engib o‘tishi kerak.
Ikkinchi bosqich ikki uchrashuvdan iborat bo‘ladi va umumiy hisobda g‘olib chiqqan jamoa musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi. “Ordabasi” dastlabki uchrashuvni 27 iyul kuni o‘z maydonida o‘tkazadi va 3 avgustda raqiblar Polshada yana to‘qnash keladi.
“Ordabasi” rahbariyati musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tarkibini kuchaytirishni boshladi. Hujum chizig‘iga ukrainalik Artyom Besedin olib kelindi.
27 yoshli futbolchi Kievning “Dinamo” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Ukraina Premer-ligasida 97 ta uchrashuvda 25 ta gol urgan. Shuningdek, faoliyati davomida Evropa ligasi va Chempionlar ligasi bahslarida ham maydonga tushib, to‘p kiritgan.
Besedin Ukraina terma jamoasi safida 19 ta o‘yinda bir juft gol urganini ham keltirib o‘tish o‘rinli bo‘ladi.
Artyom Besedin “Ordabasi”ga erkin agent maqomida keldi. Biroq, uning transfer summasi 1,2 million evroni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ukrainalik o‘yinchi Premer-liga vakillari orasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Qozog‘iston chempionatida faqatgina “Astana” hujumchisi Demba Darbo Besedindan qimmat hisoblanadi va uning transfer summasi 1,8 million evroga teng.
Hozircha, “Ordabasi”ning asosiy hujumchisi Bobur Abduxoliqov edi. Yangi o‘yinchi huddi legionerimiz kabi markaziy hujumchi hisoblanadi. Demak, Bobur endi asosiy tarkibga kirishi uchun tajribali forvard bilan raqobatlashiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, Chimkent klubi rahbariyati Ukrainadan yana bir tajribali o‘yinchi olib kelish arafasida turibdi.
Markaziy yarim himoyachi Evgeniy Makarenko ayni paytda jamoasiz qolgan va “Ordabasi” taklifiga rozilik bergani aytilmoqda.
32 yoshli o‘yinchi “Dinamo Kiev” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yildan beri Belgiya chempionatida to‘p tepib kelayotgan edi.
Makarenko Belgiyada “Kortreyk” va “Anderlext” jamoalari sharafini himoya qilgan. So‘nggi mavsumni Vengriya chempionatida “Fexervar” jamoasida o‘tkazdi.
Tajribali yarim himoyachi Ukraina terma jamoasida 15 marotaba o‘yin o‘tkazgan.
U 2020 yilgi Evropa chempionati ishtirokichisi hisoblanadi. Faoliyati davomida ikki marotaba Ukraina chempioni va bir marta mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan.
Shomurodov Saudiyaga bormadi, sababi...
Zeytullaev Shomurodovga “to‘g‘ri yo‘l”ni ko‘rsatib yubordi!
Shomurodov Premer-liga klubi taklifini rad etdi. Muxlislar qanday fikrda?
Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!
Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!
Fikrlar