To‘rabek Xabibullaev qozog‘istonlik bokschiga hech qanday imkon qoldirmadi!

  • 10 sentabr, 19:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-90 kg da ishtirok etayotgan vakilimiz To‘rabek Xabibullaev hamda qozog‘istonlik Sag‘indik Tog‘ambayni qarama-qarshiligi yakunlandi. Charm qo‘lqop ustamizning katta ustunligida kechgan bahs hisobda ham o‘z aksini topdi. To‘liq 3 raund davom etgan jangda Xabibullaev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (5:0) g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Feruza Kazakova va Mungunsaran Balsan (Mo‘g‘iliston) to‘qnashuvi kutyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!