Torres va Yamal "Barselona"ning eng yaxshi to‘purarlariga aylandi
Ferran Torres va Lamin Yamal 2025/26 yildgi La Liga mavsumida "Barselona"ning eng yaxshi to‘purarlari bo‘lishdi.
Har ikki futbolchi Ispaniya chempionatida 16 tadan gol urdi. Biroq 26 yoshli Torres bu natijani 33 ta o‘yinda qayd etgan bo‘lsa, 18 yoshli Yamal 28 ta uchrashuvda amalga oshirdi.
Jamoaning uchinchi eng yaxshi to‘purari esa Robert Levandovski bo‘ldi. 37 yoshli polyak hujumchisi hisobida 14 ta gol bor.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin "Barselona"ning eng yaxshi to‘purari 17 tadan kam gol urgan holat so‘nggi marta 2021/22 yildgi mavsumda kuzatilgan edi. O‘shanda Memphis Depay 12 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi bombardiri bo‘lgan.

Fikrlar