To‘rt grand bir futbolchini talashyapti
Frankfurtnig “Ayntraxt” klubi chap qanot himoyachisi Nataniel Braun Yevropaning yirik klublari eʼtiborini tortdi. 22 yoshli futbolchini “Real”, “Barselona”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari kuzatmoqda.
Bu haqida taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Germaniyalik futbolchining ehtimoliy transfer qiymati 60 million yevro deb baholanmoqda.
Bundesliganing joriy mavsumida Braun 25 ta oʻyinda qatnashib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, uchta gol va toʻrtta golli uzatma muallifi ham boʻldi. Uning “Ayntraxt” bilan shartnomasi 2030 yil oʻrtalarigacha amal qiladi.
Fikrlar